Laminatsiya
Bosilgan qog'ozga yupqa plyonka yopishtiriladi. Yuza namlik va ishqalanishga chidamliroq bo'ladi. Plyonka turini buyurtmaga qarab tanlaymiz.
Toshkent · Yashnobod tumani
Laminatsiya, UF lak, tigelda kesish, kashirovka va karobka ishlab chiqarish. Gofrokarton ham sotamiz. Har bir bosqich uchun alohida korxona qidirmaysiz.
Karobka yoyilmasi, o'lchamlar namuna
Xizmatlar bir joyda
Bosilgan qog'ozga yupqa plyonka yopishtiriladi. Yuza namlik va ishqalanishga chidamliroq bo'ladi. Plyonka turini buyurtmaga qarab tanlaymiz.
Bosilgan yuzaga lak surtilib, ultrabinafsha nur bilan qotiriladi. Yuza yaltiraydi va ishqalanishga chidamliroq bo'ladi.
Tigel pressda material kerakli shaklda kesiladi, buklanadigan joylarga bigovka chiziqlari tushiriladi.
Bosilgan qog'oz kartonga yelimlanadi. Karobka devori mustahkam bo'ladi, qog'ozdagi tasvir esa saqlanadi.
Buyurtmangiz bo'yicha karobka tayyorlab beramiz. Laminatsiya, kesish va kashirovkani alohida ham buyurtma qilishingiz mumkin.
Gofrokartonni 2, 3, 4 va 5 qatlamli turlarda sotamiz. Qog'oz turini pastdagi bo'limdan tanlang.
Narxlar
1 dona uchun, buyurtma soniga qarab
1 m² uchun
Narxlar so'mda, QQS kirmagan. Laminatsiya narxi 1 dona uchun, UF lak narxi 1 m² uchun. 1 000 donadan kam yoki 50 000 donadan ko'p laminatsiya buyurtmasi narxini menejer aytadi.
Material
O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahalliy kraft qog'oz.
Makulaturadan (qayta ishlangan qog'ozdan) tayyorlangan mahalliy qog'oz, sifati yaxshi.
Rossiya ishlab chiqarishidagi qog'oz.
Bitta tekis qog'oz va bitta to'lqinli qatlam. Ofset karobka uchun asos, ustiga qog'oz kashirovka qilinadi.
Ikki tekis qog'oz orasida to'lqinli qatlam. Fleksa buriy karobkaning eng keng tarqalgan turi.
Ikkita to'lqinli qatlam bilan mustahkamroq asos. Ofset karobka uchun, ustiga qog'oz yopishtiriladi.
Uch tekis va ikki to'lqinli qatlam. Og'ir va katta karobkalar uchun eng mustahkam tur.
Qog'oz belgisidagi raqam gramm (g/m²) ni bildiradi. Tayyor markalar va narxlari pastda.
Tarkib tashqi qatlamdan ichkisiga qarab yozilgan. Bu zagatovkaning narxi, tayyor karobka narxi emas. Narxlar so'mda, 1 m² uchun, QQSsiz. Ustiga yopishtiriladigan qog'oz va kashirovka narxi alohida.
2 va 4 qatlamli gofrokarton ustiga Finlyandiya, Xotoy yoki Germaniya qog'ozi kashirovka qilinadi. Shunda karobka 3 yoki 5 qatlamli bo'ladi. Ustiga ofset bosma, laminatsiya, UF lak yoki ofset lak yuritiladi.
3 va 5 qatlamli gofrokarton, ustiga qog'oz yopishtirilmaydi. O'lcham chegarasi yo'q, narxi zagatovka yuzasi (m²) bo'yicha hisoblanadi.
| Marka | Tarkibi | Narxi, so'm/m² |
|---|
PK110 va PK120 — Profpack: Toshkentda ishlab chiqarilgan eng sifatli mestniy kraft.
Boshqa markalar narxini menejer aytadi.
Hisoblagich
Karobka turi va o'lchamini kiriting, zagatovka markasini tanlang. Taxminiy narx shu zahoti chiqadi.
3D karobka konstruktori
O'lchamni kiriting va karobka turini tanlang. 3D ko'rinishi, ochilgan holati va yoyilmasi shunga qarab o'zgaradi. Rang, qoplama va o'z dizayningizni ham sinab ko'ring.
Kraft qog'ozda ranglar to'qroq va xiraroq, oq qog'ozda yorqinroq chiqadi. Ko'rinish taxminiy.
3D ko'rinish namuna. Haqiqiy o'lcham va dizayn menejer bilan kelishiladi. Yuklangan rasm faqat sizning brauzeringizda ko'rinadi, hech qayerga yuborilmaydi.
Narx so'rovi
Konstruktorda tanlaganingiz shu yerga avtomatik yoziladi. Sonini kiriting, tayyor matnni Telegramga yuboring, menejer aniq narxni aytadi.
Muddatlar taxminiy. Aniq muddatni menejer buyurtmangizga qarab aytadi.
Konstruktor yoki Telegram orqali nima kerakligini yuborasiz.
Telegram yoki telefonDizayn faylini ishlab chiqarishga yaroqliligiga qarab ko'rib chiqamiz.
Muddatini menejer aytadiYakuniy narx, miqdor va tayyor bo'lish muddati kelishiladi.
TasdiqlaysizBosma, laminatsiya, kesish, kashirovka va yig'ish.
Hajmga qarabTayyor mahsulotni qabul qilasiz yoki yetkazib berishni kelishamiz.
Kelishuv bo'yichaDizayn fayli
Fayl talablarga mos bo'lsa, tekshiruv tezroq o'tadi. Kesish va bigovka shablonini menejer o'lchamingizga qarab yuboradi.
Texnik ma'lumotlar
| Xizmatlar | Laminatsiya, UF lak, tigelda kesish va bigovka, kashirovka, karobka ishlab chiqarish |
|---|---|
| Gofrokarton | 2, 3, 4 va 5 qatlamli; ofset va fleksa buriy turlari |
| List o'lchami | 1000 × 700 mm. Kattaroq yoyilma 2 listga joylanadi. |
| Ustki qog'oz | Finlyandiya, Xitoy, Germaniya; 140–145 va 170–220 g/m² |
| Minimal buyurtma | 2 500 list |
| Karobka turlari | Qopqoqli, ikki klapanli, qopqoq va tag, tortma |
| Narxlar | So'mda, QQSsiz |
Savol-javob
Minimal buyurtma 2 500 list. Kichik karobkalarda bitta listga bir nechta doliya joylashadi, shuning uchun dona soni ko'proq bo'ladi. Hisoblagich buni avtomatik ko'rsatadi.
Yo'q. Saytdagi hisob taxminiy: zagatovka, ustki qog'oz, bosma va qoplama narxini ko'rsatadi. Kesish, kashirovka va karobka yig'ish narxini hamda yakuniy summani menejer tasdiqlaydi.
Saytdagi barcha narxlar QQSsiz ko'rsatilgan.
Ofset karobka ustiga Finlyandiya, Xitoy yoki Germaniya qog'ozi yopishtiriladi. Zichligi 140–145 yoki 170–220 g/m². Gofrokartonning o'zi uchun T2 (kraft), PP va KW turlari bor.
Ofset karobka gofrokarton ustiga bosilgan qog'oz yopishtirilgan karobka, rasmi yorqin va aniq chiqadi. Fleksa buriy karobka 3 yoki 5 qatlamli bo'lib, ustiga qog'oz yopishtirilmaydi, narxi arzonroq.
Dizayn faylini Telegram orqali menejerga yuborasiz. Fayl talablari yuqoridagi "Maket talablari" bo'limida yozilgan. Maket bo'yicha savollaringizni menejerga bering.
So'rov formasida "Namuna kerak" belgisini qo'ying. Namuna bo'ladimi va qanday shartlarda, buni menejer aytadi.
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, 25-uy.
Shunda menejer narx va muddatni tezroq aytib bera oladi.
Aloqa
+998 77 043 42 42
+998 97 710 08 95
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, 25-uy